21:31 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Degustatsiya vin

2021 yil Samarqandda turli davlatlarning mohir vinopazlari toʻplanadilar

© Sputnik / Sergey Malgavko
Yangiliklar
Havola olish
10510

Ushbu kongressning Samarqand shahrida oʻtkazilishi turizmning MICE turizm, vino turizmi, gastronomik turizm singari yoʻnalishlarini rivojlantirishga katta turtki beradi hamda Oʻzbekiston obroʻyini xalqaro sahnada yanada oshirishga xizmat qiladi

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. 2021 yilda Samarqand shahrida uzumchilik va vinopazlik boʻyicha 44-Xalqaro kongress oʻtkazilishi mumkin, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Samarqand viloyati hokimligida Uzumchilik va vinochilik xalqaro tashkiloti (International Organization of Vine and Wine) bosh direktori Pau Rok janoblari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan maqsad 2021 yilda Samarqandda uzumchilik va vinopazlik boʻyicha 44-xalqaro kongressni oʻtkazish masalasi muhokama qilish edi, deyiladi xabarda.

Muhokamalar yakunida janob Pau Samarqandni xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti aʼzoligiga ilgari surish masalasi bilan shugʻullanishini maʼlum qilgan.

Ushbu kongressning Samarqand shahrida oʻtkazilishi turizmning MICE turizm, vino turizmi, gastronomik turizm singari yoʻnalishlarini rivojlantirishga katta turtki beradi hamda shaharning, hamda Oʻzbekistonning obroʻyini xalqaro sahnada yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu mamlakatga yanada koʻproq turistlarni jalb qilishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular