14:08 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
98320

Endilikda mashhur sportchilar Oʻzbekistonga mehmonga emas, oʻz uyiga kelgandek, kelib-ketishadi

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan Toshkent shahar hokimi rossiyalik bir qator murabbiy va sport yulduzlariga kvartiralar ajratadigan boʻldi.

Figuristka Tatyana Navka
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Bu haqda Oʻzbekiston rahbari 15 mart kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan "Humo Arena"sining tantanali marosimida maʼlum qildi.

Mirziyoyev oʻz nutqi davomida ochilish marosimida ishtirok etgan mashhur sportchilar va murabbiylar - jahon sporti yulduzlariga murojaat qildi va ularning koʻmagi, bilimi, koʻnikmasi hamda ulkan professional tajribasiga umid qilishini aytdi.

"Men bugun bu sport yulduzlari bilan uchrashdim. Toshkent shahar hokimiga qisqa fursatda ularga(sportchilarga) kvartiralar ajratib berishi borasida topshiriq berdim. Sportchilar Oʻzbekistonga mehmonga emas, balki oʻz uyiga kelib ketgandek kelishsinlar", - dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Asosiy mavzular