06:06 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Yangiliklar
Havola olish
20110

2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilanmoqda.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida​” gi farmoniga asosan BAA fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirish rejimi soddalashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

"2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin", - deyiladi prezident Farmonida.

Taʼkidlanishicha, endilikda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yil muddatgacha boʻlgan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiradi.

Asosiy mavzular