Nazarboyev o‘z qarorgohidan kutubxona binosiga ko‘chib o‘tadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ostonada joylashgan majmua kutubxona, arxiv, muzey, analitika, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot markazi vazifasini bajaradi

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Seshanba kuni 20-mart sanasidan boshlab o‘z zimmasidan prezidentlik vakolatlarini soqit qilishi to‘g‘risida qarorga imzo chekkan Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev Akordadagi qarorgohidan Qozog‘istonning birinchi prezidenti kutubxonasi binosiga ko‘chib o‘tadi, deb xabar qildi chorshanba kuni uning devonxonasi rahbari Maxmud Kasimbekov.

Miting LDPR na Pushkinskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Qozog‘iston uchun tez orada kurash boshlanishini prognoz qilmoqda

Kasimbekov jurnalistlarning Nazarboyev endi qayerda ishlaydi, degan savoliga "Nazarbayev-sentrda", - deb javob berdi.

"Men o‘z xalqini, o‘z vatanini sevadigan fuqaro sifatida yonlaringizda qolayapman". Deyarli 30-yil davomida Qozog‘istonni boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev xuddi shu so‘zlar bilan o‘z prezidentlik vakolatlarini to‘xtatishi haqida e’lon qildi.

Ostonada joylashgan majmua kutubxona, arxiv, muzey, analitika, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot markazi vazifasini bajaradi.

Ayni vaqtda vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Tokayev mamlakat parlamentining qo‘shma majlisida tantanali ravishda qasamod keltirdi.

Yangiliklar lentasi
0