08:39 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
72010

Holatga oydinlik kiritish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari Saxa Respublikasidagi oʻzbek diasporasi vakili Toshpoʻlat Yodgorov bilan bogʻlanishdi.

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Saxa Respublikasidagi mehnat migrantlariga qarshi koʻpsonli mitinglar tufayli ushbu regiondagi oʻzbek diasporasi vakillari bilan bogʻlanishdi, deb xabar qilindi vazirlik Telegram-kanalida.

17 mart kuni mahalliy OAV koʻngillilardan olingan xabar asosida Yoqutistonning 36 yashar fuqarosi yoʻqolgani haqida eʼlon tarqatgan edi. Volontyorlarning soʻzlariga koʻra, ayol juda kech uyiga qaytayotgan boʻlgan va uylarning birini oldida nomaʼlum shaxslar uni mashinaga oʻtqazib, olib ketishgan. Jabrdiyda qiziga qoʻngʻiroq qilishga ulgurgan.

Tez orada OAVda bosh gumondor - Qirgʻiziston fuqarosi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. U va uning sheriklari taksistlik qilishlari aytilmoqda. Bu xabar Yoqutistonda jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab boʻldi: bir necha yuz norozi fuqarolar shaharning bosh maydoniga mitingga chiqdilar. Ular migrantlar nomiga yoqimsiz lozunglarni qichqirishgan va hukumatni regionda noqonuniy migratsiyaga nuqta qoʻyishga chaqirganlar.

Oʻzbekiston mehnat vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda Saxa Respublikasida 11 250 nafar Oʻzbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini olib borishadi. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi oʻzbek diasporasi vakili Toshpoʻlat Yodgorov bilan bogʻlanishdi. Yodgorov holat xavfli emasligini, oʻzbekistonliklar hayoti va sogʻligʻiga hech narsa tahdid qilmayotganini aytgan. Ammo bunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yoʻqotmaslikka va ehtiyoj boʻlmasa, odamlar koʻp yigʻiladigan joylarga bormaslikka chaqirgan.

Yoqutistondagi vaziyat Rossiya Federatsiyasidagi Bandlik va mehnat munosabatlari qoshidagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Saidnumon Mansurovning diqqat markazida turibdi.

Uning xabariga koʻra, Saxa Respublikasidagi holat stabillashgan.

Mehnat vazirligi chet elda mehnat huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlariga duch kelgan, hujjatsiz yoki qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklarga vatanga qaytishida hamda koʻmak keyinchalik bu fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni olish boʻyicha shart-sharoit yaratib berishga tayyor.

Asosiy mavzular