05:58 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Dostupnoye jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta

Oʻzshahar qurilish invest Sergelidagi uylar narxi nega oshganiga izoh berdi

Shaxar Kurilish invest
Yangiliklar
Havola olish
671 0 0

"Narxlarni biz ekspertizadan keyin belgilaymiz. Oʻz xatlarimizda biz narxlar oʻsishi mumkinligini koʻrsatganmiz. Ehtimol, hokimiyat va bank aholini ogohlantirmagandir, balki odamlar shartnomadagi ushbu bandni oʻqimagandir", — deya qayd etdi Sputnik muxbiriga kompaniya matbuot-xizmati vakili.

TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. "Oʻzshahar qurilish invest" 11 aprel kuni arzon uylarda kvartiralar narxi oshirishi sabablarini maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri kompaniya matbuot-xizmatidan olingan xabarga asosan.

Kompaniyaning tasdiqlashicha, 2017 va 2018 yillarda qurilish ishlari mexanizm va printsiplari oʻzgarmagan bir xil tipdagi loyihalar, mashina-mexanizmlar, qurilish materiallari hamda 2017 yil qurilish ishlarida qatnashgan pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.

Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi qaroridan kelib chiqib, uyning 1 kv. m narxi 2 mln 841 ming soʻm etib belgilandi. Bu haqda hokimliklar va banklarga 2017 yil 25 oktyabrda xatlar bilan murojaat qilingan.

Qarorning 12-bandida qurilish ishlarini loyiha ishlari bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilganligi sababli 2018 yil mart oyida loyixalarni Davlat ekspertiza koʻrigidan oʻtkazilib, ijobiy xulosalar olingandan soʻng 2018 yil 29 mayda uyning 1 kv m narxi yuqoridagi ekspertiza xulosasiga asosan qayta hisoblangani toʻgʻrisida yozma ravishda joylardagi xokimiyatlar va tegishli bank muassasalari tanishtirilgan.

Narxlarning oshirilishiga quyidagilar sabab boʻlgan:

2017 yil 2 sentyabrda Oʻzbekistonda valyuta bozori liberallashtirildi. Bu Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan import qilinadigan qurilish materiallari narxiga, xususan yogʻoch-taxta, tom yopish uchun ishlatiladigan metall listlar va boshqa materiallarga taʼsir etdi. Yaʼni 1 tonna profnastil narxi 2017 yilda 3 mln soʻmdan ziyodroqni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda bu 9,6 mln soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 314,8 foizni, yogʻoch-taxta mahsulotlari 2017 yilda 1 m.kub. narxi 878 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda 1,8 mln soʻmdan ziyodroqni, oʻtgan yilga nisbatan 205,6 foizni tashkil etgan.

Prezidentning 2017 yil 14 noyabrdagi qaroriga asosan, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab respublikada ishlab chiqarilib koʻp qavatli arzon uy-joylar qurilishi uchun imtiyozli narxlarda ajratilgan tsement va metall maxsulotlarini birja savdolari orqali sotish tartibi joriy etilganligi sababli ushbu maxsulotlar narxlari oʻzgarishiga olib keldi. Xususan 2017 yilda 1 tonna tsement narxi 135,1 ming soʻmni, 2018 yilda ushbu narx 305,8 ming soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 226,3 foizni tashkil etgan. 1 tn metall narxi 2017 yilda 1,9 mln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda 4,6 mln soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 241,7 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari yoqilgʻi moylash mahsulotlari narxi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 202 foizga oshgan.

2017 yil 1 dekabrdan oylik ish haqi miqdorlari oʻrtacha 15 foizga oshgan, hamda 2018 yilda 2017 yilga nisbatan gaz, elektr energiyalar narxlarining oshishi oʻz navbatida qurilish mollarining narxlarida oʻzgarishga olib keldi. Xususan 1 dona gʻisht narxi 2017 yilda 430 soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda 880 soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 204,7 foizni, 1 m.kub. shagʻal va qum narxi 2017 yilda 31,4 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda 55 ming soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 175,2 foizni tashkil etgan.

Arzon uy-joylar qurilishiga berilgan tegishli soliq imtiyozlar sababli, uy-joylarning 1 kv. m narxlari 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 139 foizdan 141 foizgacha oʻsgan.

2017 yilga nisbatan 2018 yilda narxlarning oshganligi sababli fuqarolar tomonidan dastlabki badalni toʻlashni yengillashtirish maqsadida 2018 yil 18 iyuldagi prezident qaroriga koʻra, koʻp qavatli arzon uy-joylar uchun fuqarolar tomonidan toʻlanadigan dastlabki badal miqdori xonadon narxining 25 foizi oʻrniga 15 foiz etib belgilandi. Buning natijasida yuzaga kelgan farq fuqarolar arizalariga asosan qaytarib toʻlab beriladi.

Ushbu ishlar uy-joylarning tannarxini tushirish uchun bajarilgan va Sergeli tumanida 47,3 mlrd soʻm mablagʻ dastlabki taqdim etilgan qiymatiga nisbatan tejab qolinishiga erishildi. Buning natijasida uy-joylarning 1 kvadrat metri narxi oldingi taqdim etilgan narxlarga nisbatan 150 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha arzon xolda tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

"Qurilish bilan biz shugʻullanamiz, hokimiyat kimga buyurtma berishni belgilaydi, bank kredit ajratadi. Bu masala bilan uchta tashkilot shugʻullanadi. Narxlarni biz ekspertizadan keyin belgilaymiz. Biz aholi bilan ishlamaymiz, bu hokimiyatning vazifasi, biz koʻrsatilgan ikki tomon bilan ishlaymiz. Oʻz xatlarimizda biz narxlar oʻsishi mumkinligini koʻrsatganmiz. Ehtimol, hokimiyat va bank aholini ogohlantirmagandir, balki odamlar shartnomadagi ushbu bandni oʻqimagandir", — deya qayd etdi Sputnik muxbiriga kompaniya matbuot-xizmati vakili.

Asosiy mavzular