TIV Hindiston va Bangladeshdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

© Foto: reutersSiklon "Fani"
Siklon  Fani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlariga yopirilgan “Fani” sikloni natijasida 2 milliondan ortiq kishi xavfli zonadan evakuatsiya qilingan.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Bangladeshda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Situatsiya v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
TIV: Sheremetyevoda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Xabarga ko‘ra, Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlariga yopirilgan “Fani” sikloni natijasida 2 milliondan ortiq kishi xavfli zonadan evakuatsiya qilingan.

“Ikki mamlakatda o‘nlab kishilar tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, mintaqada davlat idoralari, aeroportlar yopildi, poyezdlar va boshqa transport vositalari harakati to‘xtatildi”, — deyiladi TIV xabarida.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Hindiston va Bangladeshning yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga “Fani” sikloni ta’siridagi hududlariga borishni vaqtinchalik to‘xtatishlarini tavsiya qiladi va Nyu-Dehli shahridagi O‘zbekiston elchixonasining telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Yangiliklar lentasi
0