Humo arena yonida vatanparvarlik festivali o‘tkazilyapti

© Ministerstvo oboroni RUzNa ledovom dvorse "Humo arena" proxodit patrioticheskiy festival
Na ledovom dvorse Humo arena proxodit patrioticheskiy festival - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Humo arena" muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda 9-may kuniga qadar davom etadi.

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Kuni kecha, 7-may kuni "Humo arena" muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab mamlakatimizda an’anaga aylanib borayotgan ikkinchi tank biatloni musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek armiyasi o‘z qudratini namoyish qildi: Chirchiq poligonida "Titanlar jangi" o‘tkazildi

Festivalda senator, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi vakillari ishtirok etib, festival ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan muborakbod etdilar.

Festivalga tashrif buyurgan o‘zbekistonliklarga o‘zbek va jahon klassik adabiyoti tarqatildi. 

Shuningdek, festival doirasida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning chiqishlari namoyish etildi.  Mahobatli harbiy texnikalar va qurol-aslaha namoyishi esa ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

"Humo arena" muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda 9-may kuniga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0