O‘zbek chegarachisi cho‘kayotgan qozog‘istonlik ayolni qutqardi

Obuna bo‘lish
Nashr xabariga ko‘ra, cho‘kayotgan ayol 33 yoshli Aynur Askarova ekanligi aniqlangan

TOShKENT, 8-may - Sputnik. O‘zbek chegarachisi "Keles" chegara oldi kanalida cho‘kayotgan qozog‘istonlik ayolni qutqarib qoldi, deb xabar berdi O‘zA.

"4 may kuni DXX qo‘shinlari va Javlon Terminal Group kompaniyasi xodimining birgalikdagi sayi harakatlari bilan "Keles" chegara oldi kanalida cho‘kayotgan ayolni qutqarishga muvaffaq bo‘lindi", - deyiladi xabarda.

Nashr xabariga ko‘ra, cho‘kayotgan ayol 33 yoshli Aynur Askarova ekanligi aniqlangan.

Qozog‘istonlik chegarachilar ham ayolga yordam ko‘rsatib, kerakli tibbiy yordamni amalga oshirganlar.

Ayni vaqtda ayol salomatligi xavfdan xoli, deb qo‘shimcha qilgan nashr.

Aytgancha, Keles darosining uzunligi 241 kilometrni tashkil etadi, u Karjantau tog‘idan boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0