16:12 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Patrioticheskaya aktsiya Bessmertnыy polk v Tashkente na territorii kompleksa Bratskiye mogilы

Toshkentda "Oʻlmas polk" boʻlib oʻtdi, 5 mingdan ziyod odamlar toʻplandi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
80910

Bugun 9 may - Xotira va qadrlash kunida Toshkent aholisi urush qurbonlarini xotirlash maqsadida "Birodarlar qabri" hududida toʻplandi. Tadbir davomida "Ura" hayqiriqlari ostida "Oʻlmas polk" yurishi amalga oshirildi

TOSHKENT, 9 may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda Gʻalabaning 74 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimlar davom etmoqda. Bugun, 9 may kuni minglab toshkentliklar Volgograd qabristoni hududida improvizatsiya asosida tashkil etilgan "Oʻlmas polk" lokal yurishini amalga oshirdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri voqea joyidan.

Aktsiya Bessmertnыy polk v Tashkente na territorii kompleksa Bratskiye mogilы
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Aktsiya "Bessmertnыy polk" v Tashkente na territorii kompleksa "Bratskiye mogilы"

Tashkilotchilar "Birodarlar qabri"dan Mangu olovgacha boʻlgan hududga tomon yanada keng koʻlamli yurishni amalga oshirishni rejalashtirishgan edi, biroq ushbu aktsiya boʻyicha vaqtida kelishuvni amalga oshirishning imkoni boʻlmadi. Jamoatchilik tartibini buzmaslik va shaharda noqulayliklarni vujudga keltirmaslik uchun bunday katta formatdagi tadbirdan voz kechildi.

Glava Rossotrudnichestva Viktor Shulika v stroyu Bessmertnogo polka v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Glava Rossotrudnichestva Viktor Shulika v stroyu "Bessmertnogo polka" v Tashkente

Shunday boʻlsa-da, mana toʻrtinchi yildirki, poytaxt aholisi oʻz tashabbusi bilan 9 may kuni Volgograd qabristoniga nafaqat guldastalar, balki bobo-buvilari suratlari bilan keladilar.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Spasibo za Pobedu: tыsyachi lyudey prinyali uchastiye v "Bessmertnom polku" v Tashkente

Ular shu tarzda bugungi musaffo osmon va tinchlik uchun jonini qurbon qilgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.

Aktsiya Bessmertnыy polk na territorii kompleksa Bratskiye mogilы v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Aktsiya "Bessmertnыy polk" na territorii kompleksa "Bratskiye mogilы" v Tashkente

Bugun 9 may kuni "Birodarlar qabri" majmuasi odamlarga limmo-lim edi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 5 mingga yaqin odamlar toʻplangan. Ammo yigʻilganlar soni bundan koʻpligini taxmin qilish mumkin. Fuqarolarning aksariyati urush qatnashchilari portretlarini koʻtarib olganlar.

Vozlojeniye tsvetov na Bratskix mogilax v Tashkente v chest 9 maya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vozlojeniye tsvetov na "Bratskix mogilax" v Tashkente v chest 9 maya

Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻygach, Toshkent ahli va mehmonlari majmua atrofida uch marta aylanib yurishni amalga oshirdilar va harbiy davr qoʻshiqlarini kuylab, "ura" hamda "Gʻalaba uchun bobomga rahmat" hayqiriqlari ostida mashʼum urush yillarida juda katta mashaqqat bilan erishilgan Gʻalaba uchun veteranlarga oʻz minnatdorliklarini namoyish qildilar.

Vozlojeniye tsvetov i aktsiya Bessmertnыy polk v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vozlojeniye tsvetov i aktsiya "Bessmertnыy polk" v Tashkente

Shahar ahlidan tashkil topgan kolonna orasida Rossotrudnichestvo rahbari, jangovar harakatlar veterani Viktor Shulika ham bor edi. U bu kabi xalq aktsiyalari bugun butun dunyoda oʻtayotganini, bu aktsiya 74 yil oldin sodir boʻlgan voqealar haqida xotirani saqlashda yordam berishini, bu aktsiya xalq birdamligi dalili ekanligini qayd etib oʻtdi.

Shulika shuningdek, fashizm ustidan gʻalaba qozonishda qoʻshgan bebaho hissasi uchun Oʻzbekistonga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Asosiy mavzular