17:21 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Shavkat Mirziyoyev otdal dan uvajeniya pamyati predkov

Shavkat Mirziyoyev ajdodlar xotirasini yod etdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Yangiliklar
Havola olish
235 0 0

Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri Toshkent botanika bogʻida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni poytaxtdagi Xotira maydoniga tashrif buyurdi va Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan oʻzbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati. 

Motamsaro ona siymosida urushing barcha dardu tashvishlari, mudhish oqibatlari mujassam. Chunki el-yurt himoyachilarini voyaga yetkazgan ham, urushning azob-uqubatlarini eng koʻp tortgan ham mushtipar onalardir.

Shukurki, bugun mamlakatimiz tinch-osoyishta. Oʻgʻil-qizlar sogʻ-salomat, ota-onalarning koʻnglida halovat. 9 may – Xotira va Qadrlash kuni bizni shu osuda hayotning qadriga yetishga, barcha xalqlar bilan doʻst va hamkor boʻlib, yorugʻ kelajak bunyod etishga daʼvat qiladi. 

Ushbu sana munosabati bilan turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari ham Motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻydi. Bu yerga kelgan yoshlar ota-bobolari, bugungi yorugʻ kunlar uchun fido boʻlgan insonlarni yod etib, tinchlik qadri va ahamiyati haqida xulosalar chiqardi.

Shavkat Mirziyoyev otdal dan uvajeniya pamyati predkov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Shavkat Mirziyoyev otdal dan uvajeniya pamyati predkov

Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri Toshkent botanika bogʻida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular