09:39 17 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.77
  • EUR10438.70
  • USD9539.16
Yangiliklar
Havola olish
262 0 0

Toshkentda Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 74 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar davom etmoqda

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Bugun, 9 may kuni Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oʻzbek generali Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti shaxsiy tarkibi, keng jaomatchilik va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Ikkinchi jahon urushida shon-sharafga chulgʻangan, oʻndan ortiq jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan oʻzbek oʻgʻloni, qahramon general Sobir Rahimovning koʻrsatgan jasorati va mardligi tadbir ishtirokchilari qalbida vatanparvarlik tuygʻusini yanada oshirdi.

Asosiy mavzular