Toshkentda G‘alaba parki barpo etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichnie meropriyatiya, posvashennie Dnyu Pamati i Pochestey
Prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie Dnyu Pamati i Pochestey  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu bog‘ va uning tarkibida bunyod etiladigan shon-shuhrat muzeyi eng go‘zal va puxta ishlangan loyihalar asosida yaratilishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 10-may - Sputnik. Toshkent shahrining eng ko‘rkam maskanlaridan birida G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlab ulkan G‘alaba bog‘i barpo etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti kuni kecha veteranlar oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

Eslatib o‘tamiz, giz bor, kelgusi yili G‘alabaning 75-yillik bayrami xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. 

"Hozirgi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan birga bu qutlug‘ sanani munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Jumladan, O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini aks ettiradigan, g‘oyat muhim tarixiy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda. 

Ayni vaqtda Toshkent shahrining eng ko‘rkam maskanlaridan birida ushbu shonli sanaga bag‘ishlab ulkan G‘alaba bog‘ini barpo etamiz. Bu borada loyiha-qurilish ishlarini boshlab yuborganimizni bugun sizlarga ma’lum qilmoqchiman", - dedi Mirziyoyev o‘z chiqishida. 

Ushbu bog‘ va uning tarkibida bunyod etiladigan shon-shuhrat muzeyi eng go‘zal va puxta ishlangan loyihalar asosida yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Muhtasham yodgorlik majmuasining ma’no-mazmuni, muzey ekspozitsiyasini shakllantirishda faxriylar, tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini olish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0