21:17 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Prazdnichnoye meropriyatiye, posvyaщennoye Dnyu Pamyati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu

"Botanika bogʻi" shanba va yakshanba kunlari mehmonlarga bepul xizmat koʻrsatadi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
36010

Bogʻ hududiga 11—12 may kunlari soat 10:00 dan bepul kirib-chiqish taʼminlanadi.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. Kecha, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi "Botanika bogʻi"da tantanali bayram marosimi oʻtkazildi. Kun davomida bogʻ hududidan oʻrin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda oʻsha davrni oʻzida ifodalagan koʻrgazmalar namoyish etildi.

Prazdnichnыe meropriyatiya, posvyaщennыe Dnyu Pamyati i Pochestey
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bogʻ hududiga shanba va yakshanba kunlari (11—12 may) soat 10:00 dan bepul kirib-chiqish taʼminlanadi. Shu kunlarda bogʻ hududidan oʻrin olgan barcha ekspozitsiyalar toʻligʻligicha faoliyat koʻrsatadi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, sahna koʻrinishlari takroran soat 10.00, 12.00, 14.00, 16.00 va 18.00da qoʻyiladi.

Hozirda bogʻda oʻzbekistonliklar uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid "T-34", "IS-2" tanklari, oʻziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bagʻishlangan ekspozitsiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobil namunalari va boshqa shu turdagi koʻplab installyatsiyalar oʻrin olgan.

 

Asosiy mavzular