16:57 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V Uzbekistane proxodit konkurs Yunogo pojarnika

Oʻzbekistonlik eng kuchli yosh oʻt oʻchiruvchilar Jizzaxda bellashadi

Press-slujba MCHS
Yangiliklar
Havola olish
104 0 0

Ayni vaqtda respublikada "Oʻzbekiston Respublikasi IX-chempionati" musobaqalari oʻtkazilmoqda va tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. Oʻzbekistonda umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Yosh yongʻin oʻchiruvchi" va "Oʻzbekiston Respublikasi IX-chempionati" musobaqalari oʻtkazilmoqda va tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15 aprel kunlari tuman-shahar miqyosida oʻtkazilgan va turnikda tortilish, 100 hamda 1000 metrga yugurish turlari boʻyicha eng yaxshi natijalarni koʻrsatganlar ikkinchi bosqichga yoʻllanma olgan. 

Musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 1-18 may kunlari nazariy shartga koʻra ishtirokchilarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilim saviyalari test sinovlari asosida hamda amaliy shartlarga koʻra "100 metrga toʻsiqlar osha yugurish", "Ishgʻol qilish narvonida oʻquv minorasiga koʻtarilish" hamda "Yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi" turlari boʻyicha oʻtkazilib kelinmoqda.

Sport musobaqasining respublika bosqichi joriy yilning 30 may kunidan - 2 iyun kuniga qadar Jizzax shahrida oʻtkaziladi. 31 may kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, unda viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishadi.

Ushbu ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining koʻrgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar tomonidan kontsert dasturi tashkil etiladi.

Asosiy mavzular