Toshkentda uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishTransportnaya razvazka
Transportnaya razvazka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda hududda tunnel qazish ishlari yakunlanib, yo‘l o‘tkazgich tirama devorlarini qurilish-montaj jarayoni amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Toshkentda uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, bugungi kunda hududda tunnel qazish ishlari yakunlanib, yo‘l o‘tkazgich tirama devorlarini qurilish-montaj jarayoni amalga oshirilmoqda. Inshootning estakada yo‘l o‘tkazgichida 6 ta tayanchlar qurilishi yakunlangan, shundan 3 tasiga rigellar montaj qilingan.

© AO O'zbekiston Temir Yo'llariStroitelstvo troxurovnevoy razvazki v Tashkente
Toshkentda uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo troxurovnevoy razvazki v Tashkente

Qisqa fursatda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti» unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.

“Shuningdek, tunnel qismi tirgak devorlarini ko‘mish hamda halqa qismida oraliq balkalarini o‘rnatish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, tunnel qismi bo‘yicha 85 foiz, halqa qismi bo‘yicha 70 foiz, yo‘l o‘tkazgich qismi bo‘yicha 35 foiz bunyodkorlik ishlari bajarilgan. Obyektda 150 ming kub metrdan ortiq yer va 11 ming kub metrdan ziyod beton ishlari bajarildi”, - deyiladi xabarda.

Birinchi uch qavatli yo‘l bog‘lamasi - Sputnik O‘zbekiston
Uch qavatli yo‘l o‘tkazgich qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi ?

Mazkur yo‘l prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan qurilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga ko‘ra dastlab umumiy uzunligi 502, kengligi 26,7 metrni tashkil etuvchi tunnel quriladi. Noyob inshootning ushbu quyi qismi balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr bo‘lib, 6 ta avtomobil yo‘lagidan iborat bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda yer sathidan 1 metr balandlikda diametri 50 metrni tashkil etadigan doirasimon yo‘l o‘tkazgich qurish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda ushbu hududda Maxtumquli va Sharqiy aeroport ko‘chalarini bog‘lovchi o‘ziga xos katta yo‘l o‘tkazgich quriladi. Yirik yo‘l o‘tkazgich 6 ta avtomobil yo‘lagiga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy uzunligi 593, kengligi 26 metrni tashkil etadi.

Mazkur inshootni joriy yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0