21:44 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Amerikanskiye bronetransporterы.

AQSH Eron bilan urush boshlashga tayyor

© Sputnik / Oksana Djadan
Yangiliklar
Havola olish
1544 0 0

Yangi harbiy reja Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi "qirgʻiylar" bosimi ostida qabul qilingan

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Pentagon Eronga qarshi turish uchun 120 ming harbiylarni yuborishga tayyor, deb xabar qilmoqda dunyo OAVlari.

AQSH mudofaa vaziri vazifasini bajarauvchi Patrik Shanaxan taqdim etgan yangilangan harbiy rejaga koʻra agar Eron yadro qurolini ishlab chiqarishni tezlashtirsa yoki amerika harbiylariga hujum qilsa, AQSH 120 ming nafar harbiy xizmatchilarni Yaqin Sharqqa yuborishi mumkin.

Bu haqda New York Times nashri yangi reja bilan tanish, milliy xavfsizlik uchun masʼul bir necha amerika mansabdorlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr yozishicha, Shanaxan ushbu rejani AQSH prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha bosh yordamchilari uchrashuvida, 9 may kuni taqdim etgan.

Yangi reja Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi "qirgʻiylar" bosimi ostida qabul qilingan, deb qoʻshimcha nashr.

Shu bilan birga, yangilangan reja Eronga qarshi quruqlikda oʻtadigan operatsiyani nazarda tutmaydi. Buning uchun koʻproq qoʻshin kerak boʻlar edi. Eslatib oʻtamiz, AQSH ilgariroq Eron tomonidan tahdidlar keskin oʻsganini va shu munosabat bilan ushbu mintaqaga aviatashuvchilar guruhi va strategik bombardimon samoletlarni yuborgan edi.

Asosiy mavzular