AQSh va O‘zbekiston qurollik kuchlar o‘rtasida tajriba almashish jarayonini kuchaytiradi

© Minoboroni RUzS ofitsialnim vizitom v Uzbekistan pribila delegatsiya, vo glave s gubernatorom shtata Missisipi Filom Brayanom
S ofitsialnim vizitom v Uzbekistan pribila delegatsiya, vo glave s gubernatorom shtata Missisipi Filom Brayanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya tarkibida kelgan AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari general Jenson Boylz bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, O‘zbekistonga yana bir bor tashrif qilganidan mamnunligini izhor qildi.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. 14 may kuni Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida ham bo‘ldi.

Spesnaz Uzbekistana vpervie na ucheniyax v SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek armiyasiga Pentagon tajribasi nega kerak bo‘lmasligi haqida

Missisipi shtati administratsiyasi, yetakchi tashkilotlar hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalaridagi kompaniyalar vakillaridan iborat AQSh delegatsiyasi akademiyaning infratuzilmasi, o‘quv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Ta’lim dargohining professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan birgalikda muloqotlar o‘tkazdi.

Xususan, Akademiyada faoliyat yuritayotgan Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison bilan harbiy kadrlar masalasida fikr almashildi.

Glison 2018-yil noyabr oyidan buyon Akademiyada xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tib kelmoqda.

Shuningdek, martabali mehmonlar Akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Delegatsiya tarkibida kelgan AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari general Jenson Boylz bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, O‘zbekistonga yana bir bor tashrif qilganidan mamnunligini izhor qildi. O‘zbekiston va AQSh qurolli kuchlari o‘rtasida tajriba almashish jarayonlariga yanada e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Jenson Boylz o‘tgan yilning sentabrida ham O‘zbekistonda bo‘lib, sohaga oid bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0