08:35 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vokzal Tashkent-Yujnыy posle rekonstruktsii

Temir yoʻl vokzallarida qaysi xizmatlar bepul hisoblanadi?

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
136 0 0

Reklama, yuklarni oʻrash hamda saqlash, “VIP” zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida koʻrsatilishi mumkin.

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Temir yoʻl vokzallaridagi bepul xizmatlar turlari aniqlashtirildi. Bu haqda  Monopoliyaga qarshi qoʻmitaning matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalariga muvofiq vokzallarda va chipta kassalarida yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qoʻshimcha yigʻimlarni undirish, monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Temir yoʻl vokzallarida va chipta kassalarida koʻrsatilayotgan pullik hamda bepul xizmatlarni ajratish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda yoʻlovchilarga temir yoʻl vokzallarida hamda yoʻnalish davrida koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar Roʻyxatini tasdiqladi.

Roʻyxatga koʻra, yuk tashish aravachasini taqdim etish, kutish zalidagi WiFi internet (2 soatgacha), nogironlar uchun arava, telefon hamda noutbuklarni quvvatlantirish, shuningdek tibbiyot markazi hamda biblioteka xizmatlari, yoʻnalish davrida choy, suv, shakar hamda qahva taqdim etish bepul boʻlishi lozim.

Reklama, yuklarni oʻrash hamda saqlash, “VIP” zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida koʻrsatilishi mumkin.

Asosiy mavzular