02:11 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Belorusskiye voyennoslujaщiye pribыli v Uzbekistan

Belaruslik harbiylar Il-76md harbiy samolyotida Fargʻonaga uchib kelishdi

Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
24810

Taʼkidlanishicha, 22 nafar belarus harbiy xizmatchilari polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻtkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarida qatnashadi

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Belarus Respublikasi harbiylari "Jangovar hamdoʻstlik—2019" hamkorlikdagi mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun Il-76md harbiy-transport samolyotida Fargʻona aeroportiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, 22 nafar belarus harbiy xizmatchilari polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻtkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarida qatnashadi.

Oʻquv mashgʻulotlar 20—27 may kunlari Namangan viloyatidagi "Gʻurumsaroy" poligonida boʻlib oʻtadi va u ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.

Asosiy mavzular