04:24 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻn besh yil uzoqroq umr koʻrishni xohlaysizmi - olimlar tavsiyalari

© Sputnik / Aleksey Savostin
Yangiliklar
Havola olish
1710 0 0

Olimlar shunday toʻxtamga kelishganki, tez-tez qadam tashlashni afzal koʻradigan odamlarda yurak yaxshiroq ishlaydi. Bunda vazn hech qanday ahamiyatga ega emas.

TOSHKENT, 18 may – Sputnik. Piyoda tez-tez qadam tashlash inson hayotini 15 yilga uzaytirishi mumkin. Lester (Buyuk Britaniya) universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi The Daily Mail.

Mutaxassislar oʻrtacha yoshi 52 yosh boʻlgan yarim millionga yaqin odamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqqanlar.

Maʼlum boʻldiki, tez-tez qadam tashlaydigan ayollar umrining oʻrtacha davomiyligi 86,7dan 87,8gachani tashkil etadi. Erkaklarda esa bu koʻrsatkich 85,2-86,8ga teng.

Sekin yuradigan yoki umuman kam harakat qiladigan odamlar kelajagi xavas qilgulikmas. Harakatchan boʻlmagan ayollar umrining oʻrtacha davomiyligi 74 yoshni, erkaklarniki esa 64,8 yoshni tashkil etgan.

Tadqiqot mualliflarining taʼkidiga koʻra, yurish foydasi inson ortiqcha vaznga ega boʻlganida ham saqlanib qoladi.

Olimlar ushbu tadqiqot kuzatuv asosida oʻtkazilganini, yaʼni tez yurish inson umrini uzaytirishini dalillamasligini qoʻshimcha qilgan. Shu bilan birga, shifokorlar oʻz mijozlari sogʻligʻi haqida aniq holatni tasvirlayotganlarida, boshqa testlar qatorida aynan piyoda yurish tezligi markeridan foydalanishlarini unutmaslik lozim.

Asosiy mavzular