22:17 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Zona Wi-Fi

Samarqanddagi 13ta obʼyektda bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi

© AFP 2018 / OMAR TORRES
Yangiliklar
Havola olish
21510

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish boʻyicha ishlar davom etmoqda

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Samarqand viloyatidagi 13 ta obʼyekt atrofida bepul va pulli Wi-Fi zonalari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, pulli va bepul Wi-Fi zonalari Registon maydoni; Samarqand xalqaro aeroporti; Temiryoʻl vokzali; Hazrati Xizr masjidi; "Afrosiyob" muzeyi; "Amir Temur" maqbarasi; "Xoʻja Doniyor" maqbarasi; "Shohi Zinda" ansambli; Ulugʻbek rasadxonasi; "Bibixonim" majmuasi; Al-Buxoriy majmuasi; "Siyob" bozori va Ulugʻbek avtoshoxbekatida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Yuqorida koʻrsatilgan obʼyektlarda Wi-Fi ga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli Wi-Fi tarmogʻiga ulanish taklif etiladi.

Foydalanuvchi bepul tarmoqni tanlasa, unga 30 sekundli reklama roligi koʻrsatiladi, ushbu rolikni koʻrib boʻlgandan soʻng bepul Internet tarmogʻidan foydalanishi mumkin. Internetga ulanish tezligi 1 Mbit/s gacha boʻladi.

Agar foydalanuvchi pulli Internetga ulanmoqchi boʻlsa, unda unga Internet tarmogʻidan foydalanish davomiyligi vaqti taklif etiladi. Foydalanuvchi 1, 3, 9, 24 soat va 1 hafta davomida Internet tarmogʻidan foydalanishlardan birini tanlaydi, ularning narxi ham turlicha boʻlib, mos holda 1000, 2000, 4000, 6000 va 24000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkentda Wi-Fidan foydalanish nuqtalari yanada koʻpayadi >>> 

Foydalanuvchi oʻziga kerakli tarifni tanlab, toʻlovni Click yoki Payme tizimlari orqali amalga oshiradi va Internet tarmogʻiga ulanadi. Ushbu holatda foydalanuvchining Internet tarmogʻiga ulanish tezligi 10 Mbit/s gacha boʻladi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular