21:45 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Avtomobillar yonishiga faralar aybdormi: IIBB bu masalaga izoh berdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Yangiliklar
Havola olish
108620

Toshkent IIBB fuqarolar, blogerlar hamda Telegram messenjerida oʻz kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yonish sabablari toʻgʻrisidagi oʻz "mutaxassis" xulosalari bilan insonlarni adashtirmaslikka chaqirib qolgan

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Toshkent IIBB Oʻzbekiston yoʻllarida avtomobillar nima sababdan yonayotgani sabablarini tushuntirdi.

Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan avtomobillar aks etgan suratlar tarqalgan edi. Internet-foydalanuvchilari ushbu yongʻinlarga YHX ga kiritilgan yangi tuzatishlar - kunduzi faralarni yoqib yurish sabab boʻlganini aytishgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari Oʻzbekiston FVV Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi bilan bogʻlangan va natijada quyidagilar maʼlum boʻldi.

Oʻtgan 2018-yilda yengil mashinalarni yonib ketishi bilan bogʻliq 64 ta holat qayd etilgan boʻlsa, 2019-yil boshida Toshkentda avtomobillarning 11 marta yongani qayd etilgan. Bulardan ikki holatda yonish – yoqilgʻi tizimi ishdan chiqqanligi sababli yuz bergan. Qolgan holatlarda esa yongʻin elektr oʻtkazish tizimi buzilganligi bois sodir boʻlgan, yaʼni avtomobilning motor qismida sodir boʻlgan bort kompyuteri va akkumulyatorni ulab turuvchi elektr oʻtkazish tizimadagi qisqa uzilish sabab boʻlgan. Avtomobil yoritgichlariga zarar yetmagan.

Kuni kecha roʻy bergan "Volvo" rusumli avtomobil yonishiga ham  (haydovchiga yordam bergan quruvchilarning va boshqa guvohlarning hamda haydovchining oʻzining gaplariga koʻra) motor qismidagi muammolar sabab boʻlgan.

"FVV Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining maʼlum qilishlaricha, yongʻinga sabab boʻlgan elektr oʻtkazgichlarning texnik qoniqarsiz holatlari koʻpincha eski yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarda uchraydi. Shunday ekan agar sizning avtomobilingiz "katta yoshda" boʻlsa, texnik koʻrik davomida elektr oʻtkazgichlarga alohida eʼtibor berish zarur", - deb yozadi IIBB matbuot xizmati.

Toshkent IIBB bu kabi hodisalar suratlarini tarqatuvchi fuqarolarni, blogerlarni hamda Telegram messendjerida oʻz kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yonish sabablari toʻgʻrisidagi oʻz "mutaxassis" xulosalari bilan insonlarni adashtirmaslikka chaqirib qolgan.

Asosiy mavzular