12:44 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

MGIMO filialida tarmoqli taʼlim shakli yoʻlga qoʻyiladi - Torkunov

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
19810

MGIMO rektori oliygoh tarmoqli taʼlim shaklini faol yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotganini aytib oʻtdi. 

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Toshkentda ochilayotgan MGIMO filiali iqtisod sohasida samarali faoliyat olib boradigan, bugungi kunda mamlakat oldida investitsiya borasida turgan masalalarga yechim topa oladigan yangi avlod yuristlarini tayyorlab beradi, dedi bugun Toshkentda oʻtkazilgan MGIMO bitiruvchilarining beshinchi forumida Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti rektori Anatoliy Torkunov.

Torkunovning aytishicha, taʼlim shakli kunduzgi boʻlib, talabalar bakalavr va magistr dasturlari boʻyicha toʻlaqonli taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.

"Toshkentdagi oʻqituvchilar tarkibi tahsinga loyiq. Tabiiyki, MGIMO oʻqituvchilari ham kelib dars berishadi. Lekin biz uchun mahalliy pedagoglar ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Diplomatiya universitetini yaxshi bilaman. Albatta, ushbu universitet domlalari ham bizning filialimizda dars berishlarini istaymiz", - dedi Torkunov.

MGIMO rektori oliygoh tarmoqli taʼlim shaklini faol yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotganini aytib oʻtdi. 

"Toshkentdagi MGIMO filialida tahsil oladiganlar albatta, bitta semestr Moskvada oʻqishadi", - deya maʼlum qildi Torkunov.

U kelajakda ushbu filial nafaqat Oʻzbekiston, balki boshqa davlat fuqarolari orasida ham shuhrat qozonishiga ishonch bildirdi.

Asosiy mavzular