Toshkentda olib qochilgan "Neksiya"ni topish uchun maxsus operatsiya o‘tkazildi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB shahar ahli va mehmonlardan avtomobil kalitini o‘t oldirgichda qoldirmaslikni, mmkon qadar mashinani qo‘riqlanadigan avtoturargohda qoldirishni so‘rab qolgan

TOShKENT, 21-may - Sputnik. Toshkentda olib qochilgan "Neksiya" avtomobili issiq izdan qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Gorashiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobillar yonishiga faralar aybdormi: IIBB bu masalaga izoh berdi

Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxs Chilonzor tumani Furqat ko‘chasidagi Muqimiy teatri yaqinida qoldirilgan "Neksiya-2" rusumli avtomobilni olib qochgan. Mashina kaliti avtomobil ichida qoldirilgan bo‘lgan. Avtomobil egasi darhol bu haqda IIBBga xabar bergan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida bir soat o‘tmasdan YPX va PPX xodimlari qidirilayotgan mashinani va uni olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxsni Chilonzor tumanidagi Novza masjidi yonidan topishgan.

Avtomobil to‘xtatilgan, gumonlanuvchi – 21 yoshli muqaddam sudlangan Xusnidiin Zoirov esa qo‘lga olingan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi ("Transport vositasini olib qochish") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar IIBB shahar ahli va mehmonlarga murojaat etib, avtomobil kalitini o‘t oldirgichda qoldirmaslikni, mmkon qadar mashinani qo‘riqlanadigan avtoturargohda qoldirishni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0