"O‘zboshimchalik oqibati": Samarqandda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar buzilmoqda

Obuna bo‘lish
Viloyat hokimligi mas’ullari o‘zboshimchalik bilan qurilgan boshqa uylarning ham qurilish meyorlariga zid bo‘lgan qismlari buzilishini ta’kidlagan

TOShKENT, 21-may - Sputnik. Samarqand shahrida noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarning buzilishi boshlandi, deb xabar qildi "Zarafshon" gazetasi.

Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Artikxodjayev Yunusobod "raygaz" rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi?

Shaharda noqonuniy qurilgan 159 ta obyektda aniqlangan qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilan bo‘lib, shundan 18 tasi respublika miqyosida, 141 tasi viloyat miqyosida hal etilishi bo‘yicha xulosalar taqdim etilgan.

Viloyat hokimligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida qurilgan ko‘p qavatli turar va noturarjoy binolari qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh shtabi tashkil qilingan hamda viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi bilan birgalikda 18 ta obyektning yuqori qavatlarini buzish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish uchun "Toshgiprogor" aksiyadorlik jamiyati, "ToshuyjoyLITI" aksiyadorlik jamiyati va "ToshkentboshplanLITI" davlat unitar korxonasi biriktirilgan. Loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 56 milliard so‘m tovon puli va 17,0 milliard so‘m buzish ishlariga mablag‘ zarurligi aniqlangan.

Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"Arzon degan nomi bor, xolos": o‘zbekistonlik deputat Sergelidagi uylar narxi borasida

Samarqand shahar Mironshoh ko‘chasi 4-manzilda joylashgan, "Afrosiyob Xosiyat begim makoni" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ko‘p qavatli uy yuqoridagi tilga olingan 18 ta obyektning biri hisoblanadi. 20-may kuni ushbu ko‘p qavatli uyda buzish ishlari boshlandi.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan 18 ta obyektning yuqori qavatlarini buzish uchun 7 ta pudrat tashkilotlari biriktirilgan.

Viloyat hokimligi mas’ullari o‘zboshimchalik bilan qurilgan boshqa uylarning ham qurilish meyorlariga zid bo‘lgan qismlari buzilishini ta’kidladi.

B.SAFAROV.

Yangiliklar lentasi
0