22:18 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto

Navoiy viloyatining 3 ta davlat soliq inspektsiyasida yangi rahbarlar ish boshladi

© Sputnik / Aleksey Danichev
Yangiliklar
Havola olish
8910

Navoiy viloyati davlat soliq inspektsiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi

TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Navoiy shahri, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida davlat soliq inspektsiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi DSQ matbuot xizmati.

Jumladan: Nurmatov Husniddin Nasriddinovich — Navoiy shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Nurmatov 1976 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2007 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspektsiyasining Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish boʻlimi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Shu kungacha esa, u Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Ahmedov Alisher Suvonovich — Zarafshon shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Ahmedov 1981 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2010 yili Navoiy davlat pedagogika institutini, 2012 yili Soliq akademiyasini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspektsiyasi xodimi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar u Navoiy viloyati Navbahor tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shodiyev Oʻtkir Neʼmatovich — Uchquduq tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Shodiyev 1970 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1994 yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspektsiyasi Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqqa tortish boʻlimi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Navoiy viloyati Navoiy shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular