14:55 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Evakuatsiya avtomobilya

Transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish tartibi qanday?

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Yangiliklar
Havola olish
250 0 0

Ayrim qonun hujjatlari buzilganligi uchun transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Ayrim qonun hujjatlari buzilganligi uchun transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkinligi toʻgʻrisida Adliya vazirligi eslatma bilan chiqdi.

Qonunchilikka koʻra, vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu yuridik shaxslar ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga maxsus vosita (evakuator) yordamida joylashtirilishini taʼminlashi shart.

Bunda transport vositasining eshiklari, bagajnigi, kapoti, benzin baki qopqogʻi surgʻuchlagan (muhrlangan) holda jarima maydonchasiga joylashtirilishi lozim.

Transport vositasini ushlagan YHX xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:

  • haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatadi;
  • maʼmuriy bayonnoma yoki transport vositasi ushlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtiradi;
  • transportdagi mol-mulk boʻyicha tegishli dalolatnoma tuzadi.
  • dalolatnoma nusxasini transport egasiga (vakiliga), shuningdek transport vositasini jarima maydonchasida saqlashga masʼul boʻlgan shaxsga topshiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq YPX xodimlari transport vositalarini qaysi asoslarga koʻra toʻxtatishlari mumkinligi haqida maʼlumot bergan edik.

Asosiy mavzular