SSSR davridan beri O‘zbekistondagi rus tili o‘qituvchilari dovrug‘i baland - Turdenev

© Ramiz BaxtiyarovPosol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida rus filologiyasi sohasidagi olimlar ishtirokida an’anaviy Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 22-may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun Toshkentda respublika rus filologiyasi sohasidagi olimlarning an’anaviy Xalqaro ilmiy-amaliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Den Znaniy v Yujnoy Osetii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga rus tili o‘qituvchilarini tayyorlashga yordam beradi

Ushbu konferensiya buyuk rus olimi, adabiyotshunos va lingvist, akademik Viktor Vladimirovich Vinogradov nomi bilan ataladi.

Aytish joizki, olim tomonidan yaratilgan asarlar bir necha avlod rus-filologlari, jumladan, o‘zbekistonlik rus tilshunoslari uchun ham qimmatli manba vazifasini o‘tagan va o‘tab kelmoqda.

O‘zbekiston poytaxtida "Vinogradov ijodi" singari ilmiy-amaliy konferensiyaning o‘tkazilishi, O‘zbekiston aholisida rus tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotganidan darak beradi, deb qayd etdi o‘z chiqishida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev.

"Toshkentga kelsangiz, bu yerda aksariyat odamlar rus tilida gapirishiga guvoh bo‘lasiz. Ular juda chiroyli gapirishadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda rus tili o‘rganiladigan 1000dan ziyod maktablar bor. Rus tilini o‘rganishga bo‘lgan xohish - juda katta. Lekin bu barcha masalalar o‘z yechimini topgan, degani emas. O‘tgan yillar davomida rus tili o‘qituvchilari soni sezilarli kamaydi. Lekin ikkala tomon ham rus tili darslari sifatini yaxshilash masalasi ustida ish olib borishmoqda", - dedi Turdenev.

Studenti Tashkentskogo gosudarstvennogo universiteta uzbekskogo yazika i literaturi imeni Alishera Navoi viigrali mejdunarodnuyu olimpiadu po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talabalar rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada g‘alaba qozonishdi

Diplomat anjumanga filologlar tomonidan bo‘lgan katta qiziqishga baho berar ekan, bu O‘zbekistonda rus tili qog‘ozdagina emas, balki amalda millatlararo universal muloqot tili ekanidan darak berishini ta’kidlab o‘tdi.

E’tibor bering, davlatlarimiz yetakchilari uchrashganlarida, biz tarjimonga ehtiyoj sezmaymiz, va shuning o‘zi ikki tomonlama hamkorlikning turli sohalarida aloqalarni rivojlantirish katta istiqbolga ega ekanidan darak beradi, dedi diplomat.

Turdenev, o‘z nutqida, O‘zbekistondagi rus tilshunoslari SSSR davridan buyon dovrug‘i baland bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Yangiliklar lentasi
0