21:46 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Rektor UzGUMYA Ganisher Raximov

OʻzDJTU rektori oliygohda rus tilini rivojlantirish choralari haqida gapirdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
208420

Toshkentda "Vinogradov taʼlimoti" XV ilmiy-amaliy konferentsiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston va RF ning yetakchi rus-filologiyasi sohasi mutaxassislari toʻplandilar. OʻzDJTU rektori Ganisher Raximov respublika uchun strategik boʻlgan yoʻnalishda hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlari rejasi bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida rus tilini ommalashtirish va keng targʻib qilish boʻyicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda, dedi Toshkentda oʻtkazilgan "Vinogradov taʼlimoti" xalqaro konferentsiyasi davomida Jahon tillari universitet rektori, professor, falsafa fanlari doktori Gʻanisher Rahimov.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Rektorning soʻzlariga koʻra, rus tili mavqeini oshirishga qaratilgan tadbirlar Jahon tillari davlat universitetida tashkil etilgan Rus tili markazida universitet miqyosida hamda boshqa oʻxshash oliygohlar vakillari ishtirokida olib borilmoqda.

"Xususan, Toshkent maktablaridagi oʻqituvchilarning malakasini oshirish maqsadida sayyor kurslar oʻtkazilmoqda", - dedi Rahimov.

U shuningdek, zamon talabi bugun kuchayganini, endilikda taʼlim dargohlaridan hamkorlikning yangi-yangi shakllari, yangicha yondashuvlar talab etilayotganini qoʻshimcha qildi.

"Biz hamkorlikka, oʻqituvchilar malakasini oshirishda yordam berishga tayyormiz. Bu uchun Rossiyadagi sherik oliy taʼlim dargohlaridan vakillarni jalb qilamiz", - dedi rektor.

Rahimov oʻz chiqishida, Oʻzbekiston tomonida Rossiya bilan talabalar va magistrlar almashuvi, pedagoglar malakasini oshirish, shuningdek, turli yangi dastur va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqishga qiziqish bildirishini qayd etib oʻtdi.

Asosiy mavzular