21:51 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan

Umrbod oʻzbek futbolidan chetlatilgan Babayan yana bosh murabbiylikka qaytdi

Federatsiya futbola Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
63810

2018 yil yanvarda OʻFA tomonidan Babayan umrbod oʻzbek futbolidan chetlatilgan edi.

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Samvel Babayan oradan 1,5 yil oʻtib yana bosh murabbiylikka qaytmoqda, deb xabar qildi "Xalq soʻzi" nashri.

Taʼkidlanishicha, Babayan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, "temiryoʻlchilar" rahbariyati jamoaning soʻnggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni isteʼfoga chiqarishga qaror qilgan. Uning oʻrniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy maʼlumot chiqishi kutilmoqda.

Samvel Babayan 2019 yil fevral oyidan buyon "Loko" tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Oldinroq, 2018 yil yanvarda OʻFA tomonidan Babayan umrbod oʻzbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil oʻtib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan soʻng bekor qilingani maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular