22:21 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Toʻxtash chizigʻini bosib kirganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Yangiliklar
Havola olish
307 0 0

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

TOSHKENT, 24 may – Sputnik. Toʻxtash chizigʻini bosib kirganlik uchun jarima kamaytirildi.

Bu “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-4-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, –

- eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, –

- eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻsha huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

- eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻsha huquqbuzarlik maʼmuriy jazo ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

- transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Qayd etish joizki, bunga qadar toʻxtash chizigʻini bosib kirish qoidasini buzish — svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtish bilan teng miqdorda jarimaga tortilar edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda tonirovka uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular