21:35 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Sotrudniki OVD №7 v Yunusabadskom rayone Tashkenta

Oʻzbekistonda “militsiya” butunlay oʻtmishda qoladi

Press-slujba GUVD Tashkenta
Yangiliklar
Havola olish
1004 0 0

Oʻzbekiston qonunchiligidan “militsiya” atamasi chiqarib tashlandi.

TOSHKENT, 24 may – Sputnik. Oʻzbekiston qonunchiligidan "militsiya" atamasi chiqarib tashlandi.

Bu "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunda nazarda tutilgan.

Oʻzbek militsionerlari
© Flickr / Digital Aesthetica

Endilikda bir nechta muhim hujjatlarda "Militsiya xodimi" degan soʻzlar "Ichki ishlar organlari xodimi" iborasi bilan almashtirildi.

Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov 2017 yilda Oʻzbekistonda  "militsiya" atamasi allaqachon oʻtmishda qolib ketgani va hozirda Oʻzbekistonda faqatgina "ichki ishlar organlari" va "ichki ishlar organlari xodimi" atamalari mavjudligini maʼlum qilgan edi.

Bundan tashqari, Sputnik muxbiri "oʻzbek militsiyasi" deyishning oʻzi gʻalati ekanligi, "militsiya" soʻzi ishlatilmayotgani hamda rasmiy muomaladan chiqarilganini 2016 yilda yozgan maqolasida bayon qilgan edi.

Asosiy mavzular