23:46 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Atomnaya stantsiya Tianj v Belgii.

Oʻzbekistondagi ilk AES qayerda qurilishi maʼlum boʻldi

© Wikipedia/ Hullie
Yangiliklar
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
942 0 0

Xususan, mazkur yoʻnalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining Toʻdakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli atrofida joylashgan 3 ta maydonda olib borilgan.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekistondagi ilk AES Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinidagi maydonga quriladi.

“Oʻzatom” agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Oʻzbekiston hududida Atom elektr stantsiyasi qurish boʻyicha  hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va mazkur hamkorlik doirasidagi “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish maqsadida 2018 yilning avgustidan shu yilning mart oyiga qadar AES qurilishi uchun ajratilgan tahminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi

Xususan, mazkur yoʻnalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining Toʻdakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli atrofida joylashgan 3 ta maydonda  olib borilgan

“Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda  Oʻzbekiston Respublikasi hududida AES qurilishini  amalga oshirish  loyihasini nazorat qiluvchi Respublika ishchi guruhining  qoʻshma majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi  huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish Agentligining ilmiy – texnik va ekspertlik kengashi  Qarori, shuningdek, mutaxassisilar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib,  AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida  Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinidagi maydon tanlandi”, - deyiladi xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, hozirgi kunda  tanlangan maydonni tasdiqlash hamda litsenziyalash borasida muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.  

Loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish va  loyihaviy yechimlarni  ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 17 may kuni “Atomstroyeksport”  (“Rosatom” Davlat korporatsiyasining muxandislik boʻlimiga tegishli AJ)  bilan tenik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha shartnoma imzolandi, mazkur jarayonning Dasturini ishlab chiqish hamda hodimlar va texnika mobilizatsiyasi (taqsimoti)  boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular