Janubiy Afrikada begemotlar to‘dasi regbi o‘yini vaqtida stadionga bostirib keldi

CC0 / pixabay / Begemoti
Begemoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Afrikada begemotlar bir to‘da bo‘lib stadionga bostirib keldi va bu bilan regbi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan o‘yinga halal berdi

Far North Bulletin yangiliklar portali xabariga ko‘ra, hodisa Sanina shahrida yuz bergan.

Letaba Rugby Club maydonida regbi bo‘yicha ikkita mahalliy jamoalar o‘rtasidauchrashuv bo‘lib o‘tayotgan bo‘lgan. Qaysidir mahalda stadionga yovvoyi hayvonlar yugurib chiqqan va maydondagi o‘tni kavshashga o‘tgan.

Shu bois o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.

Sport maydonida o‘t chaynayotgan begemotlar aks etgan video tezda internet tarmog‘ida tarqalib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0