Toshkentda suv toshqinini oldini olish uchun drenaj tizimlari ta’mirlanadi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishLivnevaya sistema. Arxivnoe foto
Livnevaya sistema. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtda 6-iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi.

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Toshkentda 6-iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

6 iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining Toshkentland bog‘idan Radisson mehmonxonasigacha bo‘lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

“Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 6-iyun kuni kechki soat 23:00dan 7-iyun tonggi soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi”, - deyiladi shahar hokimligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin “O‘zgidromet” Toshkentdagi navbatdagi chaqmoq va yomg‘irlar haqida ogohlantirgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0