Namanganda xalqaro investitsiyaviy forum ish boshladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaForum Doing business with Namangan – 2019
Forum Doing business with Namangan – 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namanganda yirik xalqaro iqtisodiy tadbir – “Doing Business with Namangan – 2019” Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik.  Namanganda yirik xalqaro iqtisodiy tadbir – “Doing Business with Namangan – 2019”  Xalqaro investitsiya  forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Namangan viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari hamkorligida o‘tkazilayotgan anjumanda viloyatning investitsion salohiyati namoyon etiladi hamda ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

Bugungi anjumanda Hindiston, Xitoy, Italiya, Eron, Rossiya, Birlashgan Arab Amirligi, Ozarbayjon, Misr Arab Respublikasi, Germaniya, Fransiya, Avstriya, Quvayt va boshqa davlatlardan 300 ga yaqin xorijiy kompaniyalar vakillari qatnashmoqda.

Bundan tashqari  O‘zbekiston Respublikasining 29 xorijiy mamlakatdagi elchilari, 32 davlatning O‘zbekistondagi diplomatik missiyalari vakillari hamda 10 dan ortiq xorijiy OAV muxbirlari taklif etilgan.

Yangiliklar lentasi
0