17:13 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
227 0 0

Poytaxt hokimligi Britaniya kompaniyasining “Yangi Toshkent” loyihasiga izoh berdi

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Poytaxt hokimligi Britaniya kompaniyasining “Yangi Toshkent” loyihasiga izoh berdi.

Britaniya meʼmorchilik kompaniyasi Benoy oʻzining veb sahifasida Toshkent shahri Bosh rejasining loyihasini eʼlon qilgandi.

Hokimlikning maʼlum qilishicha, Benoy faqat oʻz rejasini taqdim etgan. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari koʻrib chiqilmoqda, ularning orasida Benoy ham bor.

“Toshkent shahar hokimligini va shaharsozlik boʻyicha masʼul komissiya taqdim etilgan loyihalarni oʻrganib, eng maʼqulini tanlaydi”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Shahar maʼmuriyati yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qatʼiy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) maʼlumotlarning xaqqoniyligini tekshirishga chaqiradi.

Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yoʻq. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilinadi.

Asosiy mavzular