Toshkentda kuchli shamol: haydovchilar jiddiy xavotirda

© VODITELI TAShKENTAV Tashkente silneyshiy veter: voditeli boyatsya za svoi avto - foto
V Tashkente silneyshiy veter: voditeli boyatsya za svoi avto - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda ob-havo Toshkentga “erkalik” qilyapti. Kuni kecha kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaharni suv bosib qolgan edi. Keyin esa Toshkent osmondan yoqqan tuxumdek keladigan do‘llar bilan “siylandi”. Bugun kuchli shamol...

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Bugun Toshkent shahrida ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi

Hokimlikning “O‘zgidromet” xabariga tayanib xabar qilishicha, poytaxtda vaqti-vaqti bilan kuchli shamol esadi.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmaslii uchun, bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda kuchli shamol oqibatlari aks etgan suratlar paydo bo‘la boshladi.

Foydalanuvchilar Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomlari uchib tushgani, ayrim joylarda daraxt yoki katta shoxlar sinib, avtomobillarni bosib qolganini ma’lum qilishmoqda.

Afsus bilan qayd etish joizki, so‘nggi paytlarda ob-havo Toshkentga “erkalik” qilyapti. Kuni kecha kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaharni suv bosib qolgan edi. Keyin esa Toshkent osmondan yoqqan tuxumdek keladigan do‘llar bilan “siylandi”.

Yangiliklar lentasi
0