15:35 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Vodiylik tarixchi: baʼzi olimlar asl manbalarni oʻqishmaydi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
58220

Qozoqovning soʻzlariga koʻra, katta anjumanlarning birida olimlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning otasi - temuriy shahzoda Umarshayx Mirzo vafoti sababi haqida gapira turib, “maxsus yollangan aygʻoqchi kelib, Umarshayx Mirzoni oʻsha jardan qulatib yuborgan”, degan faktni keltirgan.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Axsikent arxeologiya merosi obʼyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direktsiyasi direktori oʻrinbosari, tarix fanlari nomzodi Tohirjon Qozoqov Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda baʼzi olimlar asl manbalarni oʻqimay, xulosa qilishlari haqida gapirdi.

Qozoqovning soʻzlariga koʻra, katta anjumanlarning birida olimlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning otasi - temuriy shahzoda Umarshayx Mirzo vafoti sababi haqida gapira turib, “maxsus yollangan aygʻoqchi kelib, Umarshayx Mirzoni oʻsha jardan qulatib yuborgan”, degan faktni keltirgan.

"Jonida qasdi bor odam borib jarning tagidan kovlaydi, oʻzi oʻtirgan shoxni arralamaydi-ku hech kim?", - deydi suhbatdosh.

Qozoqov Umarshayx Mirzoning halok boʻlishiga oid aniq fakt hind tarixchisi Abul Fayz Allomiyning "Akbarnoma" asarida aniq keltirilganini qoʻshimcha qiladi.

"U asardagi epizodlarini yaxshilab oʻqisak, kaptarxona tasviri aniq kelib chiqadi. Qarang, yozadi-ki, "...Kaptarxonaga chiqdi, qafaslarni ochdi, kaptarlarni uchirdi, kavushini pastga yechdi-da, oyogʻini osiltirib oʻtirdi". Demak-ki, supa boʻlgan, supaning tepasida esa kaptarxona boʻlgan deyish mumkin. "Umarshayx Mirzo oyogʻini osiltirib oʻtirgan bir vaqtda xizmatchi uzoqdan jar qulayotganini koʻrib qoldi. "Jar qulayapti, jar qulayapti", deb baqirdi. Umarshayx Mirzo sapchib tushdi-da, bir poy kavushini kiyishga ulgurdi. Ikkinchisini kiyishga ulgurmadi, u jardan qulab tushdi, jarning tagida qoldi…", - deya hind tarixchisi asaridan iqtibos keltiradi olim.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Ruinы drevnego goroda Axsikent, arxeologicheskiy pamyatnik Ferganskoy dolinы

Axsikent - Fargʻona vodiysining birinchi poytaxti. Hozirda eng katta arxeologik yodgorlikdir. Shahar miloddan avvalgi III-asrda tashkil topgan boʻlib, 1621 yilgi zilzilada vayronaga aylangan. U Fargʻonaning siyosiy, madaniy, iqtisodiy markazi hamda Buyuk ipak yoʻlining asosiy shaharlaridan biri boʻlgan.

Asosiy mavzular