Yevropa Ittifoqi ShHTni prezidentlar klubi deb ataydi, lekin bu unday emas — Imonaliyev

© AP PhotoFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanxay hamkorlik tashkilotining sobiq rahbari tashkilot salmog‘i va istiqbollari haqida fikrlarini aytdi

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti Yevropa Ittifoqi aytmoqchi "prezidentlar klubi" emas, balki jiddiy uyushmadir, dedi Sputnik Qirg‘iziston tomonidan tashkil etilgan videoko‘prik davomida ShHT sobiq bosh kotibi Muratbek Imonaliyev.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ShHT va OHIChK sammitlarida ishtirok etadi

U shuningdek, ShHT jahonda xalqaro tashkilotlar inqirozi ro‘y bergan bir vaqtda tashkil etilganini qayd etdi. ShHT mamlakatlari tashkilotni tashkil toptirish uchun jiddiy siyosiy irodani namoyon etganlar.

"ShHT - bu integrallashuv ittifoqi, harbiy yoki iqtisodiy tashkilot emas. Uni istalgancha nomlash mumkin. Yevropa Ittifoqida, esimda, uni prezidentlar klubi deb atashar edi. Aslida u jiddiy xalqaro tashkilot va ShHT bugungi kunda xalqaro xavfsizlik hamda iqtisodiy taraqqiyot sohasida ijobiy omildir", - dedi Imonaliyev.

Sobiq rahbar, shuningdek, BMTning sobiq rahbari Pan Gi Mun ShHTni yevroosiyo mintaqasida yetakchi tashkilot deb ataganini eslatib o‘tdi. 

Imonaliyevning fikricha, ShHTga a’zo davlatlar nafaqat eski rejalarni amalga oshirishlari, balki yangilarini tuzishlari lozim. Shu bilan birga, uning fikricha, tashkilotga yangi mazmun berishda moslashuvchanlik va ehtiyotkorlik namoyish etish lozim, sababi tashkilotning ayrim ishtirokchilari orasida qarama-qarshilik mavjud.

13−14 iyun kunlari Bishkekda Qirg‘iziston shafeligida ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng ShHTga 2019-2020 yillarda raislik qilish Rossiyaga o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0