23:44 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Deti otdыxayut na plyaje detskogo lagerya.

Bolalar dalalarda emas, orzularda ishlashi kerak - Oʻzbekistonda noyob aktsiya oʻtkazildi

© Sputnik / Sergey Malgavko
Yangiliklar
Havola olish
26310

Xalqaro mehnat tashkiloti axborotiga koʻra, dunyo boʻyicha besh yoshdan oʻn yetti yoshgacha boʻlgan 218 million bola ishlashga majburdir. Shundan 73 million nafari xavfli mehnatga jalb qilingan.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 12 iyun - Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bagʻishlangan "Bolalar dalalarda emas, balki orzularda ishlashi kerak!" shiori ostida tantanali tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ishtirokida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi "Barkamol" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Profsoyuz RUz
Aktsiya posvyaщennaya Vsemirnomu dnyu borbы s detskim trudom proshla v Uzbekistane

"Mazkur tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekistonda bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligidan xabardorlik darajasini yanada oshirish, shu maqsadda olib borilayotgan tizimli saʼy-harakatlarni keng jamoatchilikka, shu jumladan jahon hamjamiyatiga yetkazishdir", dedi Sputnik muxbiri bilan suhbatda Kasaba uyushmasi vakili Muhabbat Oʻrmonbekova.

Oʻrmonbekovaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda prezident tashabbusi bilan davlat siyosati doirasida bola huquqlarini himoyalashning kuchli mexanizmlarini yanada rivojlantirishga, shuningdek, xalqaro konventsiyalarga muvofiq milliy qonunchilik bazasi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur yoʻnalishlarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham maxsus tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

"Oʻzbekistonda bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik borasida xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilgan samarali mexanizmlardan yana biri mamlakatimizda taʼlim bilan bir qatorda bolajonlarni sogʻlomlashtirishga katta eʼtibor qaratilishi hisoblanadi. Joriy yilgi sogʻlomlashtirish mavsumida Oʻzbekiston miqyosida 1067 ta bolalar oromgohi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 224 tasi stotsionar turdagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari boʻlsa, 843 tasi sogʻlomlashtirish maydonchalaridir", - deydi suhbatdosh.

Oʻrmonbekovaning soʻzlariga koʻra, joriy yil yoz mavsumida jami oromgohlarda 310 ming nafarga yaqin bolalar sogʻlomlashtiriladi. Ularning 171 ming nafarga yaqini statsionar turdagi oromgohlarda, 138 mingdan ziyodi sogʻlomlashtirish maydonchalariga jalb etiladi. Ushbu maqsadlar uchun jami 91 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan. 

Xalqaro mehnat tashkilotining oxirgi maʼlumotlariga koʻra dunyo boʻyicha 5 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 218 mln. bola ishlashga majburdir. Ularning 152 million nafari bolalar mehnatidan jabrlanganlar boʻlib, shundan 73 million nafar bola xavfli mehnatga jalb qilingan, ularning qariyb yarmi 5-11 yoshdagi bolalardir. Dunyo boʻyicha bolalar mehnati deyarli barcha sohalarda uchraydi, biroq 10 bolaning 7 tasi qishloq xoʻjaligida mehnat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda AQSH oʻzbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar roʻyxatidan oʻchirgan va Oʻzbekiston hukumatining bolalar mehnatiga chek qoʻyish boʻyicha amalga oshirayotgan sayi harakatlarini olqishlashini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular