23:42 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Glava Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Sherzod Kudbiyev

Mehnat vaziri Oʻzbekistonda qaysi sohalarda kadrlar tanqis ekanini aytdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
167051

Vazirga koʻra, qariyb 150 mingga yaqin oʻrtacha oylik toʻlanadigan vakansiyalarga mutaxassis yoʻq

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari va qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishchilarga talab yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Mehnat va bandlik vazirligi rahbari Sherzod Kudbiyev maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Ish beruvchilarimizda "qanoat hosil qila olmaganlik sindromi" mavjud. Bir tomondan 1,5 millionga yaqin, aniq qilib aytganda, 1 million 391 ming ishsizlarimiz bor, lekin shu bilan birga qariyb 150 mingga yaqin oʻrtacha oylik toʻlanadigan vakansiyalarga mutaxassis topa olmayapmiz", - dedi vazir.

Kudbiyevning aytishicha, bu yerda gap yuqori malaka talab etiladigan mutaxassislar haqida emas, balki oddiy kasb egalari haqida bormoqda: yaʼni bugun Oʻzbekistonda veterinar, traktorchi, mexanizator, svarщik, santexnik, tikuvchilar hamda IT-texnologiyalari sohasidagi kadrlarga ehtiyoj yuqori.

Vazirga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekistonda WorldSkills International (kasbiy tayyorgarlik standartlari va ishchilar kasbiy mahoratini oshirish hamda ishchi kasblarni ommalashtirish bilan shugʻullanadigan tashkilot) standartlari boʻyicha rivojlanish mexanizmlari joriy etiladi, ayni vaqtda milliy kasbiy mahorat tizimi kiritilgan.

Mamlakatdagi mehnat organlari qoʻlida zamonaviy kasbga oʻqitish mexanizmi hozir ham mavjud emas, endigina ushbu yoʻnalishda ishlab boshlab yuborilgan, deydi Kudbiyev.

"Agar taʼlim tizimi mehnat bozoriga ish beruvchilarni talablari asosida mutaxassislarni tayyorlab bermas ekan, u holda mehnat bozoridagi vaziyat tangligicha qolaveradi. Oqsoq taʼlim tizimi sifatsiz kadrlarni tayyorlayveradi, sifatsiz kadrlar esa - ishsizlik muammosi demakdir", - deya taʼkidlaydi Mehnat vazirligi rahbari.

Oʻzbekiston ish bozorida bugun qaysi kasb egalariga talab yuqoriligini Sputnik infografikasida tomosha qiling >>>

Asosiy mavzular