01:44 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Chto Atambayev skazal o YEAES i prixotyax odnogo cheloveka

Atambayev sobiq prezident maqomidan mahrum etilishi mumkin - maxsus komissiya tuzildi

Sputnik / Emil Sadыrov
Yangiliklar
Havola olish
103710

Qirgʻizistonda tuzilgan maxsus komissiya yetti kun davomida xulosa berishi lozim.

TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston Jogorku Keneshida maxsus komissiya tashkil etildi. U Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomidan mahrum etish uchun unga nisbatan ayblovni eʼlon qilish masalasi boʻyicha oʻz xulosasini berishi kerak.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, komissiyani tashkil toptirish qarori 96 deputat tomonidan qoʻllab-quvvatlagan, faqat toʻrt deputat qarshi ovoz bergan.

Komissiya tarkibiga deputatlardan Kanibek Imonaliyev, Omurbek Bakirov, Yevgeniya Strokova, Kojobek Rispayev, Maksatbek Egemberdiyev, Talant Mamitov, Baktibek Rayimkulov, Jirgalbek Turuskulov, Oltinbek Junus oʻgʻli, Baktibek Turusbekovlar kirgan. Maxsus komissiya ishiga yetti kun ajratilgan.

OAVlarda tarqalgan xabarga koʻra, sal oldin deputat Kanatbek Isayev, Almazbek Atambayevni daxlsizlikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hujjat ostida qirqdan ziyod deputatlarning imzolarini toʻplagani haqida maʼlum qilgan. Bu voqeaga qadar esa ayrim qonun chiqaruvchilarni sobiq prezident tomonidan parlament "mishiqi" bilan taqqoslangani haqidagi gap-soʻzlar dargʻazab etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Deputat Kojobek Rispayev Atambayevga javoban Jogorku Keneshda "mishiqisini yigʻishtirib ololmagan odamlar emas, balki qirgʻiz xalqi elitasi" jamlan, degan. Shundan soʻng parlament vakillari Atambayev tomonidan u davlat rahbari boʻlgan vaqtlarda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni qizgʻin muhokama qilishga kirishganlar.

Asosiy mavzular