09:51 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Voyennыe ucheniya v Uzbekistane

"Jayron" operatsiyasi: Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiylari kuzda Oʻzbekistonga keladi

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Yangiliklar
Havola olish
494 0 0

Bundan tashqari, FVV va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga biologik xavfsizlik boʻyicha ikkita mobil laboratoriyalar taqdim etiladi

TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda kuz faslida Markaziy Osiyo davlatlarining biologik xavflarga javob qaytarish boʻyicha "Jayron" mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idora xabariga koʻra, 12-14 iyun kunlari Bryusselda kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar boʻyicha ilgʻor tajriba markazlarining milliy koordinatorlari yettinchi yigʻilishi oʻtkazilgan. Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasiga sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Gʻulomov rahbarlik qilgan.

Majlis davomida "Markaziy Osiyo mamlakatlarida biologik xavfsizlik boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlimni taqdim etish va milliy-huquqiy asosni takomillashtirish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha yakuniy xulosalar taqdim etilgan.

"Ushbu loyihaning mantiqiy yakuni sifatida mamlakatda joriy yil kuz faslida "Jayron" nomi ostida mintaqaviy mashgʻulotlarni oʻtkazishga kelishilgan", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, FVV va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga biologik xavfsizlik boʻyicha umumiy miqdori bir million yevro boʻlgan ikkita mobil laboratoriyalar taqdim etiladi.

Asosiy mavzular