23:04 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
MCHS soobщilo podrobnosti pojara v Andijane

Andijondagi "novostroyka" nima sababdan yongani maʼlum boʻldi

© GUPB MCHS Respubliki Uzbekistan
Yangiliklar
Havola olish
76310

Yongʻin oʻchirish ekipajlari soat yetti daqiqada yetib borgan, koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida soat 09-35 da yongʻin qurshab olingan va 09-55 da toʻliq bartaraf etilgan

TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Andijon shahrida koʻp qavatli uyning tom qismida yuz bergan yongʻinning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi yonib zararlanganligida, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston davlat yongʻin xavfsizligi xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2019 yilning 15 iyun kuni soat 09:10da Andijon viloyati YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Andijon shahar Yoyilma MFY hududida joylashgan 4 qavatli (60 ta xonadonli) 1-uyning tom (chordoq) qismida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 8 ta asosiy yongʻin oʻchirish avtoekipajlari va 2 ta avtonarvon yuborilgan.

Yongʻin oʻchirish ekipajlari soat yetti daqiqada yetib borgan, koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida soat 09-35 da yongʻin qurshab olingan va 09-55 da toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻindan 1-uyga tutash qurilgan koʻp qavatli 2-uyning 480 kv.metr maydonda tom qismi saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin oqibatida 1-uyning 480 kv.metr maydonda yogʻoch konstrutsiyalardan qurilib, tunika bilan yopilgan tom qismi yonib zararlangan. Yongʻinning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular