13:26 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Gulnara Karimova

Prokuratura Gulnora Karimova aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarmoqda

© CC BY-SA 3.0 / Timir01 / Gulnara Karimova.
Yangiliklar
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (19)
185220

Bosh prokuratura shuningdek, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti qizi sogʻligi haqida ham maʼlumot bergan.

TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-kotibi Surayyo Rahmonova "Prokuratura organlarining 2019 yil 5 oylik faoliyati"ga bagʻishlangan brifingda idora Gulnora Karimovaning aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha xalqaro sheriklar bilan birgalikda ishlarni davom ettirayotganini maʼlum qildi. RIA Novosti xabari asosida.

"Ayni vaqtda asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlik olib borilmoqda, ular bizga bu ishda koʻmaklashishmoqda. Bu jarayonda biz uchun hech qanday toʻsiq yoʻq", - degan Rahmonova Karimovaning aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha ishlar qanday kechayotgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Xabarda aytilishicha, Karimova ayni paytda jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtamoqda. Uning salomatligi boʻyicha muammolar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti qizi umumiy tartibdagi koloniyaga joriy yil mart oyida oʻtkazilgan edi.

Toshkent 12 davlatda, shu jumladan Rossiyada Karimovaning boyliklarini hibsga olish tashabbusi bilan chiqqan, ularning umumiy miqdori 1,5 milliardan ziyod.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (19)

Asosiy mavzular