Imon Karimova DXX raisi va bosh prokurorga xat bilan murojaat qildi

© InstagramIman Karimova
Iman Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Bugun, 15-iyun kuni Gulnora Karimovaning qizi va O‘zbekistonning birinchi prezidenti Imon Karimovaning nabirasi Imon Karimova o‘zining Instagram dagi sahifasida DXX raisi va O‘zbekiston Bosh prokuroriga yo‘llangan xatni e’lon qildi.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura Gulnora Karimova aktivlarini O‘zbekistonga qaytarmoqda

Maktubda Gulnora Karimova kerakli tibbiy yordamni olmayotganini, bundan tashqari, go‘yoki Gulnora Karimovaga koloniya xodimlari ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazishayotgani ta’kidlangan.

"Sog‘lig‘iga qaramay, koloniya xodimlari tomonidan, xususan, koloniya rahbari tomonidan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rahbariyati A.Aning og‘zaki boshqaruvi bilan Karimova G.I ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilmoqda. Qirq darajali jazirama, qon bosimi yuqoriligi, gipertonik krizisni boshdan kechirgani, 2 ta polip, oyoqlaridagi varikoz va har kuni qon ketayotganiga qaramay onam har kuni 40 daqiqa davom etuvchi 4-martalik tekshiruvlardan ozod etilmagan", - deb yozgan maktubda Imon.

Imon o‘z maktubida onasiga nisbatan bunday munosabat to‘xtatilishi va nihoyat prokuratura xodimlari tomonidan buzilgan uzoq kutilgan tushunish paydo bo‘lishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova idora Gulnora Karimovaning aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qilgan. U shuningek, Karimovaning sog‘ligi borasida ham to‘xtalib, "Gulnora Karimovaga tibbiy xizmat ko‘rsatishda birorta monelik bo‘lmayotganini" ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0