Rasman: yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar diqqatiga: siz uchun joriy yilda 10ta qulaylik yaratildi

2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

- kunduzgi ta’lim shakliga – 80 210 nafar;

- maxsus sirtqi shaklga – 13 595 nafar;

- sirtqi ta’lim shakliga – 18 165 nafar;

 -kechki ta’lim shakliga –1 985 nafar.

Magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 7 695 nafar.

DXM orqali hujjat topshirish mumkin bo‘lgan OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi

Shuningdek, prezident qarori bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklining har biri bo‘yicha alohida besh foizli qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati alohida e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0