06:48 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы

Erkin Turdimov: "Universitet bulvari" bizning yuzimiz, lekin odamlar u yerga bormay qoʻygan

Xokimiyat Samarkanda
Yangiliklar
Havola olish
31810

Administratsiya rahbari Samarqand boʻyicha, xususan, Universitet bulvari hududida oʻtkaziladigan obodonlashtirish ishlari borasida batafsil maʼlumot bergan

TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Samarqand hokimligida viloyat rahbari Erkinjon Turdimov ishtirokida bulvar taqdiriga bagʻishlangan matbuot-anjumani oʻtkazildi, deb xabar qilindi viloyat hokimining Feysbukdagi sahifasida.

Administratsiya rahbari Samarqand boʻyicha, xususan, Universitet bulvari hududida oʻtkaziladigan obodonlashtirish ishlari borasida batafsil maʼlumot bergan.

Xabarda aytilishicha, yil boshida hokimiyat qoshida ishchi guruh tuzilgan va u obodonlashtirish ishlari boʻyicha chet ellik mutaxassislar tajribasini oʻrganish uchun Anqara shahrida boʻlgan.

Oradan bir necha vaqt oʻtgach, turkiyalik mutaxassislar Samarqandga javob tashrifni amalga oshirganlar va shahar boʻylab sayohat davomida shahar koʻrinishini obodonlashtirish, xususan, Samarqand markazidagi Universitet xiyoboni koʻrkiga koʻrk qoʻshadigan qator maslahatlarni berishgan.

Turdimovning soʻzlariga koʻra, bulvarda obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish joriy yil mart oyidayoq rejalashtirilgan.

"Bulvar- bu bizning yuzimiz. Lekin oxirgi vaqtlarda odamlar u yerga borishni istashmaydi. Nega? Chunki u yerda oddiy oʻrindiqlardan tortib, kerakli shart-sharoitlar yoʻq. Oxirgi marta bu hudud 10-15 yil oldin obodonlashtirilgan. Taʼkidlab oʻtaman, rekonstruktsiya emas, obodonlashtirish haqida gap bormoqda", - deb aytgan hokim.

Turdimovning aytishicha, ishlar boshlab yuborilgach, ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda bulvar surati tushirilgan turli eskizlar va fotosuratlar tarqalib ketgan. Hokimning aytishicha, ularni koʻrib, hatto hayratlangan. Sababi, logotip tarzida turklardan bir-ikkita chizmalar olingani rost, lekin internetda naq 24 turdagi loyiha tarqalgan edi.

Viloyat hokimining soʻzlariga koʻra, bulvarni katta oʻzgarishlar kutayotgani yoʻq, skver biroz obodonlashtiriladi, xolos. Hozirda bulvarda uchta yoʻlakcha mavjud boʻlib, ular ostidagi kommunikatsiya tizimlari allaqachon chirib ketgan va shu tufayli sugʻorish ishlari toʻxtab qolgan. Dastlabki ishlarni bulvar tashqi koʻrinishini tartibga keltirishdan boshlash lozim, deb qayd etgan Turdimov.

Taʼkidlanishicha, bunday - asosiy yoʻlak marmardan quriladi va uning ikki yonidan yugurish uchun yoʻlakchalar tashkil etiladi. Elektr tizim yuz foiz yangilanadi, fontanlar rekonstruktsiya qilinadi, ularning joyi oʻzgartirilmaydi. Hojatxona, vay-fay zonalar tashkil etish koʻzda tutilmoqda.

Turdimov shuningdek, bulvardagi birorta chinor daraxti kesilmasligiga vaʼda bergan. Taʼkidlanishicha, buning uchun har bir chinor daraxti raqamlab chiqiladi.

Asosiy mavzular